O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasini ko‘rish uchun sabr qilish kerak bo‘ladi. Chunki ular amaliyotga joriy etilishi va samara berishi uchun vaqt talab etiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin sharq va Markaziy Osiyo departamenti direktori maslahatchisi Albert Eger shunday fikrlarni bildirdi.
“Iqtisodiyotni liberallashtirish o‘z-o‘zidan bo‘ladigan jarayon emas. Hattoki, 1990-yillar boshida Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham iqtisodiyotni bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o‘tkazish, iqtisodiyotni liberallashtirish uchun ma’lum bir vaqt talab etildi. Albatta, ularda bu jarayon ancha tez, 10 yil atrofidagi muddatda amalga oshdi. Biroq, o‘sha davlatlar ham o‘tkazilgan islohotlar samarasini ko‘rishi uchun shuncha yil kutishdi”, - dedi xalqaro ekspert.
Shu bilan birga, uning fikricha, O‘zbekistonda o‘ziga xos ustunlik jihatlari ham borki, ko‘pchilik mamlakatlarda bu narsa ko‘zga tashlanmaydi.
“O‘zbekiston ayrim mamlakatlarda bo‘lmagan ustunliklarga ega. Shulardan biri bu demografik vaziyat. Bu yerda mehnatga layoqatli yoshlar ko‘p. Ayni shu narsa islohotlarni qulaylik va osonlik bilan amalga oshirishda zarurdir. Qayd etish o‘rinliki, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi qurilish, tog‘-kon sanoati, kommunikatsiya sektoriga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq bu sohalarda ko‘p ish o‘rni barpo etib bo‘lmaydi. Shu sababli ish o‘rni ko‘p talab qilinadigan fabrika-zavodlar tashkil etishga e’tibor qaratish muhimdir”, - dedi Albert Eger. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi