«Apple» kompaniyasining bozor qiymati 951 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. «Business Insider» tahlilchilarining kuzatishicha, besh haftada kompaniya qiymatidan 190 milliard yo‘qotdi — «Apple» 2010 yilda shunchaga baholangan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, besh haftada yo‘qotilgan mablag‘ni ishlab topguncha «Apple» o‘zi tashkil etilgan paytdan boshlab 30 yil sarflagan. 2010 yilga kelib kompaniya brendi 190 milliard dollarga baholandi.
Kecha, 12 dekabr kungi savdolar yakunida «Apple» aksiyalari 5 foizga arzonlashdi. Hozir bir dona aksiyasi — 194 dollar. Moliyachilar kompaniya qimmatbaho qog‘ozlarining arzonlashib ketishini «ayfon»larga talab kamligi bilan izohlashdi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning avgust oyida «Apple» 1 trillion dollardan yuqori baholangan ilk Amerika kompaniyasiga aylangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi