22:15 / 01.12.2018
5 210

O‘zbekistonda narxlar oshishi davom etmoqda: noyabrda 2,3 foizga oshdi

O‘zbekistonda narxlar oshishi davom etmoqda: noyabrda 2,3 foizga oshdi
O‘zbekistonda iste’mol narxlari noyabr oyida o‘rtacha 2,3 foizga oshdi. Joriy yilning 11 oyidagi umumiy narx oshishi esa 12 foizni tashkil etdi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Turon24 AA.

Noyabr oyida narxlarning ko‘tarilishiga 16 noyabrdan elektr energiyasi va gaz to‘lovlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi. Kommunal to‘lovlarning oshishi hisobiga umumiy hizmatlar narxi bir oyda 3,3 foizga oshgan. Oziq ovqat mahsulotlari esa noyabrda 2,7 foizga oshdi; nooziq-ovqat mahsulotlarning oshishi 1,2 foizni tashkil etdi.

Umuman olib aytganda, kuzgi mavsumda inflyatsiya darajasi oshishi kuzatildi. Sentyabr oyida narxlar 1,8 foizga oshgan bo‘lsa, oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 1,3 foizni ko‘rsatdi. Biroq yoz oylarida narhlarning muayyan darajada pasayishi kuzatilgan edi.

Markaziy bankning prognozicha, 2018 yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 16-17 foizga yetadi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa yillik 18 foiz inflyatsiyani prognoz qilgan edi.

MB rahbari Mamarizo Nurmuratovning ta’kidlashicha, inflyatsiyani pasaytirish faqat Markaziy bank qo‘lida emas, byudjet siyosatida ham ortiqcha va samarasiz xarajatlarni kamaytirish zarur. Joriy yilda imtiyozli kreditlarning xaddan tashqari ko‘p ajratilishi ham yuqori inflyatsiyaning asosiy sabablaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda narxlar oshishi davom etmoqda: noyabrda 2,3 foizga oshdi