Oʻzbekiston iqtisodiyotida dollarlashuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytiradi, ayrim hollarda, defoltga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Tursunboy Mahkamov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotining dollarlashuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tushunmoqda, ammo valyuta xatarlari orasidagi farqni yoʻqotish uchun mamlakatda oltin-valyuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd. AQSH dollari) “bunga katta eʼtibor berishmayapti”.
Agentlik iqtisodiyotning dollarlashuvi boʻyicha beshta asosiy xatarni ajratgan:
1. Milliy valyuta zaiflashuvi
2. Tashqi qarz olish qiymatining oshishi
3. Mamlakatning suveren reytingi darajasiga salbiy taʼsir
4. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlarini cheklash
5. Valyuta xavfining oshishi
“Biz Markaziy bankning monetar siyosatni olib borish boʻyicha imkoniyatlari qisqarayotganini kuzatyapmiz. Qayta moliyalash stavkasi juda yuqori, lekin inflyatsiya hali ham ikki sonli boʻlib turibdi. MB inflyatsiyani targetlashi va monetar siyosatni kuchaytirishi haqida eʼlon qilgani eʼtiborga olinsa, natijalar kutilganidek boʻlmayapti. Bu bank tizimining katta qismi dollarga bogʻlangani bilan aloqador. MB oʻzining monetar siyosatida faqat iqtisodiyotning kichik qismiga harakat qilayotgani ayon boʻladi. Shuning uchun u natijaga olib kelmayapti”, - dedi Mahkamov fond bozori vakillari bilan uchrashuvda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi