O‘zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznes uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?

  • 07 sentyabr 2019, 15:50
  • 804
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznes uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?
    Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
    Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan xalq turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aholini sifatli va ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb yozmoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

    Islohotlar doirasida nafaqat import o‘rnini bosuvchi, balki eksportga yo‘naltirilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun tadbirkorlarga barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

    Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizga xorijdan import qilinayotgan asosiy xalq iste’mol tovarlarining hajmlari doimiy ravishda tahlil qilib borilmoqda.

    Tahlillar, mamlakat aholisi uchun zarur bo‘lgan xalq iste’mol tovarlari katta hajmlarda import qilinayotganligi, mazkur holat esa bu turdagi tovarlarga ehtiyoj hamon yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda.

    Shuningdek, o‘rganishlar import qilinayotgan aksariyat tovarlar respublikaning tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilishi mumkinligini, buning uchun esa barcha shart-sharoitlar mavjudligini ko‘rsatdi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu turdagi mahsulotlar haqida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlarni yetkazmoqda.

    Taqdim etilayotgan ushbu ma’lumotlar respublika aholisi uchun zarur bo‘lgan xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rejalashtirish va yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘z biznesingizni yanada kengaytirish orqali mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratishda xizmat qiladi.






    Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha qo‘mitaning Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshqarmasi (78) 120-76-97 va Axborot xizmatining (78) 120-76-17 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda qanday tovarlarni ishlab chiqarish biznes uchun manfaatli ekanligini bilasizmi?