11:48 / 27.09.2019
4 826

1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi

1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorining 19-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etildi:



Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodasidagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Ishlab berish uchun berilgan (daval) xomashyodan olinadigan benzin va dizel yoqilg‘isiga aksiz solig‘i stavkalari miqdori chakana realizatsiya qilingan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning aksiz solig‘i hisobga olingan holda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xomashyodan daval asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 1 oktyabrdan ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi