2019 yil boshidan buyon O‘zbekistonning davlat qarzi 4,5 milliard dollarga yoki 30,9 foizga oshdi.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi bo‘yicha yangilangan statistikani e’lon qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan yoki uning kafilligi ostida olingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotning 33,6 foizini tashkil etdi.
Birinchi o‘rinni hali ham Xitoy egallab turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, ushbu davlat qarzi miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzi emas, asosan Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoyning Eksport-import banki kreditlarini aks ettiradi.
Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uchinchi pog‘onada Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya to‘rtinchi (345,8 million dollar), Germaniya beshinchi (286,5 million dollar), Rossiya oltinchi (150,6 million dollar), Saudiya Arabistoni yettinchi (122,1 million dollar). Boshqa mamlakatlar hissasiga (111,8 million dollar) to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi