Jurnalistlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki muhokama qilindi

  • 11 iyun 2016, 12:00
  • 6 007
  • Jamiyat
  • Jurnalistlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki muhokama qilindi

    O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Fuqarolarning korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha xabardorligi va huquqiy madaniyatini oshirish masalalari» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Bu haqda "O‘zA"ga asoslanib "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

    Tadbir Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mamlakatdagi OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etdi.

    Seminar-treningda jurnalistlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining korrupsiya holatlariga qarshi kurashish masalalarida xabardorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, OAVda korrupsiyaga qarshi kurash, jurnalistik surishtiruvini o‘tkazish va ushbu mavzuni tahliliy yoritish bo‘yicha kasb ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

    Jumladan, «Turkiston-press» NAAning xabar qilishicha, tadbir doirasida qatnashchilar fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari borasidagi xabardorligi va huquqiy ongini oshirishda OAV va NTT o‘zaro hamkorligi mexanizmlari hamda jamiyat hayotida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish maqsadida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat organlari vakillari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni o‘rnatish prinsiplari mavzularida ma’ruzalar tinglashdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jurnalistlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki muhokama qilindi