Kontraktni byudjetga o‘tkazish mumkinmi?

  • 29 avgust 2016, 23:34
  • 7 974
  • Jamiyat
  • Kontraktni byudjetga o‘tkazish mumkinmi?

    Farzandim universitetda to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi. Oilaviy sharoitimiz og‘ir. Shu sabab o‘g‘limning o‘qishini byudjet asosida o‘tkazishni imkoni bormi?

    H.M.elektron manzil orqali

    F.Babashev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati rahbari:

    — Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandi birinchi xatboshiga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

    Mazkur Nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq, Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun — ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha teng huquqlik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarga davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar esa test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontarkt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

    To‘lov-konrakt asosida o‘qish ixtiyoriy bo‘lib, tegishli me’yoriy hujjatlarda mazkur toifadagi talabalarga to‘lov shartlarini yengillashtirish bo‘yicha imtiyozlar berish ko‘zda tutilmagan.

    Manba: Darakchi.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kontraktni byudjetga o‘tkazish mumkinmi?