Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan holat Farg‘ona viloyatida aniqlandi, deb xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmasi. Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada noodatiy tarzda tayyorlanayotgan sho‘rvada ilon va tipratikan hayvonlari foydalanilgani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy patrul-post xizmati xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv natijalari shok holatida qabul qilindi — Oltiariq tumanidagi "Zilha" mahallasi va Buvayda tumanidagi "Boston bo‘vo" mahallasida, qumli hududlarda ayrim shaxslar tomonidan qo‘riqlanadigan va kamyob hayvonlardan tayyorlangan taomlar savdosi bilan shug‘ullanilgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, ilon va tipratikan kabi biologik xilma-xillik uchun muhim bo‘lgan jonzotlar noqonuniy ravishda tutilib, saqlanib, keyinchalik ulardan sho‘rva tayyorlangan va pullik asosda sotilgan. Ekologlarga ko‘ra, bu kabi harakatlar nafaqat tabiat qonunchiligini, balki ekologik muvozanatni ham jiddiy ravishda buzadi.
Shu munosabat bilan, mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanishi uchun sud organlariga taqdim etildi. Endilikda, sud muhokamalari doirasida ushbu shaxslar o‘z qilmishlari uchun javob berishlari kutilmoqda.
Shok xabar: Farg‘onada ilon va tipratikan pishirganlar ushlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar