Kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan qarzdorning uy-joyi davlat qonunchiligi talablariga ko‘ra auksion savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor shaxsga o‘z majburiyatlarini bajarishi haqida bir necha bor ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, u belgilangan muddatlarda qarzini uzmagan. Byuro xodimlari qarzdorni rasmiy ravishda ogohlantirib, kreditni to‘lash zarurligini tushuntirishgan, ammo ogohlantirishlar ham samara bermagan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudi 2025 yil 21 yanvar kuni chiqargan qarorga asosan, YATT M.A.dan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB foydasiga jami 148,4 million so‘m qarz undirish belgilangan. Sud hujjatida qarzdor belgilangan muddatlarda qarzni to‘lamasa, uning turar-joyiga undiruv qaratilishi qayd etilgan.
Shundan so‘ng Ijro byurosi xodimlari qarzdorga yana bir bor rasmiy ogohlantirish bergan. Ammo javobgar o‘z majburiyatlarini yana rad etib, to‘lovlarni amalga oshirmagan.
Natijada qonunchilik talablariga muvofiq, qarzdorga tegishli bo‘lgan Andijon viloyati Baliqchi tumani Ko‘l mahallasidagi turar-joy xatlandi va tortib olindi. Bu uy davlat platformasi orqali elektron savdolarga qo‘yildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xonadonning boshlang‘ich qiymati 175 million so‘m etib belgilandi. Onlayn-auksion orqali savdolarda istalgan fuqaro belgilangan tartib asosida ishtirok etishi mumkin.
Kredit qarzi tufayli andijonlik fuqaroning uyi auksionga chiqarildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar