O‘zbekistonda tashkil qilingan Xalqaro Bobur fondi yaqin ikki yil davomida Afg‘oniston hududidagi mashhur o‘zbek allomalari qabrlarini ta’mirlashni rejalashtirgan, deb xabar qiladi "Diydoraziz" nashri.
Bugungi kunda Bobur xalqaro fondi tomonidan bir necha shunday loyihalar amalga oshirildi. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun haykaltarsh va etakchi tosh kesuvchi ustalardan biri bo‘lgan usta Tohir Rahimov taklif qilingan. Usta Rahimov tosh kesuvchilar sulolasining sakkizinchi avlodidan bo‘lib, u Navoiy viloyatining G‘ozg‘on qishlog‘ida yashaydi. “Usta Alisher Navoiyning ustozi bo‘lgan, hazrat Lutfiy Xiroviya qabri uchun marmar yodgorlik toshi yasadi. U kishining qabrlari Hirotdan 60 km masofada joylashgan Kashti-Kanor qishlog‘ida joylashgan. Usta buyurtmani bergilangan vaqtda va yuqori sifatda amalga oshirdi. Shuningdek mahalliy aholi G‘ozg‘on marmarining yuqori sifatini qayd qilishdi”, — dedi fond vakili.
O‘tgan yili yana bir yirik loyiha amalga oshirilgan edi – Alisher Navoiy maqbarasi uchun sag‘ana va eshik yasalgan edi. Raximov buyuk o‘zbek shoiri qabrini ta’mirlashda shaxsan qatnashishi uchun Afg‘onistonga yo‘l olgan edi. Ta’mirlash davomida O‘zbekistondan olib kelingan 1150 dona ko‘chatlar ham ekilgan edi.
Bu yil ham Bobur fondi delegasiyasi va ustalar yana bir bor Afg‘onistonda bo‘lishdi. Guruh oldida Alisher Navoiy bog‘i yaratish, Karux shahrida joylashgan Said Muhammad Xudoyorxon qabriga yodgorlik o‘rnatildi. Ekspedisiya tomonidan Kamoliddin Behzod qabri ustida ham, Andijonlik ustalar tomonidan tayorlangan ayvon o‘rnatilib, qabr atrofida Andijondan olib kelingan 2000 tup daraxt va 400 dona gul ekildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi