O‘zbekistonlik milisionerlar Qirg‘izistonga chorvador va uning otlarini qaytarishdi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligida o‘zbekistonlik hamkasblariga iqtibos keltirilgan holda ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar natijasida Qirg‘izistonning Aksiy tumanida yashovchi Akilbek Bo‘ronboyevni ozod qilishga erishilgan. Bo‘ronboyev bir oy avval O‘zbekiston chegarachilari tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun hibsga olingan. U 24 ta oti bilan birga vataniga qaytarilgan.
Ma’lum qilinishicha, Jalolobod viloyatining chegaraoldi hududlarida 10 oy ichida 53 ot va 109 mayda shoxli chorva O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. Ikki davlat mutasaddi idoralari vakillarining uchrashuvi va muzokaralari natijalariga ko‘ra, Qirg‘izistonga 49 ot va 109 ta mayda shoxli chorva qaytarib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi