Endi aliment to‘lamaganlar chet elga chiqolmaydi

  • 09 yanvar 2017, 17:32
  • 8 302
  • Jamiyat
  • Endi aliment to‘lamaganlar chet elga chiqolmaydi

    Bugungi kunda Toshkent shahrida etarli imkoniyati mavjud bo‘la turib, farzandlariga aliment to‘lamay yurgan fuqarolar soni 153 tani tashkil etmoqda. Ularning 259 ta voyaga etmagan farzandlari bor.

    Yuqoridagi raqamlar Toshkent shahar hokimiyatida oilaviy ajrim masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

    Aliment to‘lanishi bilan bog‘liq muammoli vaziyatlar, sudning qaroriga bo‘ysunmaslik kabi holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi shahar prokuraturasi, Jinoyat ishlari hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudlari, Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Mehnat bosh boshqarmasi, Sud departamentining shahar hududiy boshqarmasi, “Toshkent pochtampt” filiali bilan hamkorlikda “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1137-sonli qo‘shma qarorni qabul qildi.

    Yangi qarorga ko‘ra, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganlar bilan alohida guruh tushuntirish ishlarini olib boradi, ularning ish bilan ta’minlanganligi muntazam tekshiriladi. Ishsizlar Mehnat bosh boshqarmasi tomonidan munosib ish bilan ta’minlanadi.

    Qarorga ko‘ra, alimentdan qarzdorlarning aliment undiruvchi yoki sud ijrochisining talabi bilan O‘zbekiston hududidan chiqishini cheklash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ma’lum qilinadi.

    Shuningdek, alimentdan qarzdorlarga avtotransporti, uy joyi mavjudligi haqida avtosalondan va notarial idoralardan ma’lumot berish ham taqiqlanadi.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali bugungi kunga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga jami 1.524 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 688 tasini (45,1%) davriy aliment qarzdorliklar bilan bog‘liq masalalar tashkil qiladi. 2016 yil 1 dekabr holatiga sud ijrochilari bo‘limlari ish yurituvida 21.904 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, 2015-2016 yillar davomida jami 9.307 ta yangi ijro hujjatlari kelib tushgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Endi aliment to‘lamaganlar chet elga chiqolmaydi