Ota o‘z xatosini tushundi...

Majburiy ijro byurosi Urganch tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 28.04.2023 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor J.X.dan undiruvchi A.S.ning foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 29.159,2 ming so‘mni tashkil qilgan.
Byuroning Urganch tumani bo‘limi davlat ijrochisi M.Ro‘zmetov tomonidan qarzdor J.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tumani sudga yuborilib, sud tomonidan qarzdor J.X.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
Qarzdor ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan vaqtida o‘ziga tegishli xulosa chiqargan va uning akasi sud hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlikni bartaraf qilgan, natijada qarzdor muddatidan oldin ma’muriy qamoq jazosidan ozod qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!