date

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal o‘rnatildi

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal o‘rnatildi

AQSh poytaxti Vashingtonda noodatiy san’at installyatsiyasi paydo bo‘ldi. CBS News xabariga ko‘ra, noma’lum shaxslar tomonidan AQSh Kongressi binosi ro‘parasiga prezident Donald Tramp va moliyachi Jeffri Epshteyn tasvirlangan haykal o‘rnatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal mashhur “Titanik” filmi sahnasiga o‘xshatib yaratilgan. Installyatsiya oltin rangga bo‘yalgan bo‘lib, unda Tramp Epshteynni orqasidan quchoqlab turgan holda tasvirlangan.

Mazkur san’at asari qisqa vaqt ichida jamoatchilik e’tiborini tortgan. Haykal kim tomonidan o‘rnatilgani hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Hozircha rasmiy idoralar ushbu installyatsiya yuzasidan batafsil izoh bermagan. Shunga qaramay, u ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal o‘rnatildi