"Nexia-3"dan qariyb 5 kilogramm sintetik narkotik topildi

1 daqiqa o'qish208
"Nexia-3"dan qariyb 5 kilogramm sintetik narkotik topildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdorda sintetik narkotik modda olib yurilayotgani aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, oldindan kuzatuvga olingan 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi "Nexia-3" avtomobili poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan "Erkin" YPX maskanida to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomobil salonidan sof og‘irligi 4 kilogramm 811 gramm bo‘lgan "Alfa-PVP" nomli sintetik narkotik modda topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, yana bir holat Andijon viloyatida qayd etildi. DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Marhamat tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Boboxuroson MFY hududida ikki nafar mahalliy fuqaroni ushladi. Ular qirg‘izistonlik shaxs tomonidan chegara to‘siqlari orqali uloqtirilgan qutini qabul qilib olayotgan paytda qo‘lga tushgan.

Tekshiruv davomida quti ichida 9 ming 988 dona "Zardeks" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?