Aktrisa Xuvaydo Jumayeva oilasiga keladigan gap so'zlar haqida ochiq gapirdi

Aktrisa Xuvaydo Jumayeva so‘nggi intervyularidan birida oilaviy hayot va odamlarning gap-so‘zi tufayli yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida ochiq gapirdi. U ko‘rsatuvlar va ommaviy fikrlar oilaning tinchligini buzishi mumkinligini ta’kidladi.
Aktrisaning aytishicha, farzandlarni tarbiyalash va ularni o‘qitish oilaning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu bilan birga, ayrim odamlar farzandlar oila qurgach ota-onani unutadi, degan noto‘g‘ri xulosalarga boradi. “Ey, shu o‘g‘lim san’atkor bilan qolib ketadi, gap-so‘zlarga qolib ketadi, deb o‘ylaydida ular, ota-onasini qiynab qo‘ymay deb qo‘ying”, — deya gapirdi Xuvaydo Jumayeva.
Aktrisa misol tariqasida bir ko‘rsatuvda kelin-qaynona o‘rtasidagi ovqat bahosini keltirdi. Ko‘rsatuv reytingini oshirish maqsadida kelinning ovqati maqtalgan, ammo uning eri esa Surxondaryo viloyatiga kelmaslik bo‘yicha tanqidlar eshitgan. Shu voqea orqali Jumayeva ko‘rsatuvlar va tashqi fikrlar oilaviy munosabatlarga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ochiqchasiga namoyish etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!