15:35 / 14.02.2017
10 487

«Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda

«Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda

«Koinot go‘zali — 2017» xalqaro go‘zallik tanlovining chorak final bosqichida o‘zbekistonlik to‘rt nafar sohibjamol keyingi bosqichga chiqish uchun bellashadi.

Ishtirokchilarga ovoz berish joriy yilning 17 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da yakuniga etadi. Eng kam ovoz olgan ishtirokchi tanlovning keyingi bosqichida qatnashmaydi. Qolgan uch ishtirokchi esa o‘zlari va yashab turgan joylari haqida qiziqarli videolavha yozganlaridan so‘ng yarim finalda kurash olib borishadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

«Koinot go‘zali — 2017» tanlovining saralash bosqichi uch oy ilgari boshlangan bo‘lib, uning chorak finalida O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Qirg‘iziston va Chexiyadan kimlar ishtirok etishi aniq bo‘ldi.

«Koinot go‘zali» tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin. Mazkur tanlov shaxsni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

«Koinot go‘zali» tanlovi g‘olibasi pul mukofoti, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. U shuningdek, xalqaro brendlarning fotosessiyalari hamda qiziqarli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Koinot go‘zali — 2017» da O‘zbekistondan to‘rt ishtirokchi qatnashmoqda