20:47 / 16.02.2017
6 840

"Harobalik millioner" filmi ssenariychisi Elchi lavozimiga tayinlandi

"Harobalik millioner" filmi ssenariychisi Elchi lavozimiga tayinlandi

"Savol-javob" kitobi orqali butun dunyoga tanilgan Vikas Svarup Hindistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, Svarup tez kunda o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.
Svarup 1986 yildan buyon diplomat sifatida faoliyat yuritib keladi. U shu yillar mobaynida Hindistonning turli davlatlardagi elchixonalarida ishlagan. Londondagi komandirovkalarning birida Vikas roman yozishga qiziqib qoladi. Shu tariqa "Savol-javob" asari 2005 yilda dunyo yuzini ko‘rgan va Svarupga ulkan shuhrat olib kelgan.

O‘zbek kinoixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan "Harobalik millioner" "Savol-javob" asari asosida suratga olingan. Film 2009 yilda 8ta "Oskar" mukofoti bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Harobalik millioner" filmi ssenariychisi Elchi lavozimiga tayinlandi