08:48 / 10.03.2017
7 738

Akula g‘avvosdan boshidagi pichoqni olib tashlashni so‘radi

Akula g‘avvosdan boshidagi pichoqni olib tashlashni so‘radi

Kayman orollaridagi dayving (suvga sho‘ng‘ish) bo‘yicha instruktor Ben Jonson boshiga 30 santimetrlik pichoq sanchilgan akulaning mushkulini oson qildi. Jonson akulaning boshiga sanchilgan pichoqni sug‘urib olgan. Ushbu holat aks etgan video internetda paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Kun nashri.

Ta’kidlanishicha, voqea o‘tgan haftada bir guruh dayverlarning Kayman Brak oroli yaqinida suvga sho‘ng‘ishlari vaqtida yuz bergan.

Guruhga hamrohlik qilgan Jonson marjonqoya yonida bir joyda aylanib o‘zini g‘alati tutayotgan bir metrlik akulaga ko‘zi tushib qolgan. U yaxshiroq ko‘rish uchun akula yoniga kelganda, uning boshiga pichoq sanchilib turganini ko‘rgan.

Benning aytishicha, akula go‘yoki undan yordam so‘rayotgandek tasavvur paydo bo‘lgan. Shu sabab Ben akula yoniga suzib kelib, uning boshidan pichoqni sug‘urib olgan.

Dayverning aytishicha, akula ko‘rinishicha enaga-akulalar turiga mansub bo‘lgan. Bu turdagi akulalar odamlar uchun xavfsiz, chunki asosan mollyuska va korall bilan oziqalanadilar.

Akulaning boshiga kim pichoq sanchgani noma’lumligicha qolgan. Kayman orollarida akulalarga ov qilish 2015 yildan taqiqlangan hamda 4 yilgacha qamoq jazosi va 500 ming dollargacha jarima bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akula g‘avvosdan boshidagi pichoqni olib tashlashni so‘radi