19:21 / 04.04.2017
12 578

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘lmasligi qancha jarima solishga sabab bo‘ladi

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘lmasligi qancha jarima solishga sabab bo‘ladi
Jismoniy shaxs tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiyadan tashqari mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadi bo‘yicha dastlabki deklarasiyalarni ham taqdim etishlari lozim. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Jismoniy shaxs tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiyadan tashqari mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadi bo‘yicha dastlabki deklarasiyalarni ham taqdim etishlari lozim.

Mol-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar tomonidan, ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki deklarasiya hamda hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklarasiya taqdim etilishi lozim.

Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlarini deklarasiya asosida soliqqa tortish tartibining farqli jihatlaridan biri shundan iboratki,

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi 1675-sonli qarori bilan 2012 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning soliq solinadigan eng kam daromadini aniqlash maqsadida uy-joyni ijaraga berganlik uchun ijara to‘lovining eng kam miqdorlari joriy qilingan. Unga ko‘ra, ijaraga berilayotgan turar joylarning 1 m2 maydoni uchun oylik ijara to‘lovining eng kam miqdorlari Toshkent shahrida - 4,5 ming so‘mni, Nukus shahri va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlarda - 3,0 ming so‘mni, - boshqa aholi punktlarida - 1,5 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilda o‘tgan yildagi me’yorlar 1,5 barobarga indeksasiya qilindi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2013 yil 25 dekabrdagi 2099-sonli qaroriga muvofiq 2014 yil 1 yanvardan boshlab soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarning noturar joyni va avtotransport vositasini ijaraga berganlik uchun ijara to‘lovining eng kam miqdorlari joriy qilindi. Unga ko‘ra, ijaraga berilayotgan noturar joylarning 1 m2 maydoni uchun oylik ijara to‘lovining eng kam miqdorlari Toshkent shahrida - 9,0 ming so‘mni, Nukus shahri va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlarda - 6,0 ming so‘mni, boshqa aholi punktlarida- 3,0 ming so‘mni;

Avtotransport vositalari uchun esa oylik ijara to‘lovining eng kam miqdorlari 1 ta avtotransport vositasi uchun:

- yengil avtomobillar (yo‘lovchi, (bagaj) tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchi o‘rindig‘ini hisobga olmagan holda 8 ta o‘rindiqqacha bo‘lgan avtotransport vositalari) bo‘yicha - 330 ming so‘mni;

- mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk tashish avtomobillar uchun - 645 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilda o‘tgan yildagi me’yorlar 1,5 barobarga indeksasiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning uy-joyni, noturar joyni va avtotransport vositasini ijaraga berishdan olgan daromadlariga soliq solish ijara shartnomasida belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq ushbu mol-mulklarni ijaraga topshiruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalariga asosan hisoblangan miqdorlardan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiya asosida hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olgan jismoniy shaxslar daromad solig‘ini dastlabki deklarasiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar.

Deklarasiya asosida hisoblangan daromad solig‘i yuqorida qayd etilgan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to‘lov kuni ham shunga kiradi) 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi. Jismoniy shaxslarning soliq qarzlari davlat soliq xizmati organlarining da’vo arizalari asosida sud tartibida majburiy undiriladi.

Agar soliq to‘lovchi daromadlar to‘g‘risidagi deklarasiyani taqdim etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklarasiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini o‘zidagi mavjud axborot asosida eng yuqori stavka bo‘yicha hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘i summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddat ichida to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli.

Soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risida deklarasiyani taqdim etgandan so‘ng, daromad solig‘ining yakuniy summasi ushbu deklarasiya asosida qayta hisob-kitob qilingan holda aniqlanadi. Shu bilan birga, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlariga daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiyani taqdim etmagan, o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki uni atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda taqdim etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 174-moddasi uchinchi qismida eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 574 va 603-moddalariga hamda Uy-joy kodeksining 86-moddasiga muvofiq fuqarolar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulkni - uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomalari notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunda, uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash faqat jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga taalluqli bo‘lib, taraflarning biri jismoniy shaxs bo‘lmaganda shartnomalar ixtiyoriylik asosida notarial tasdiqlanishi mumkin.

Fuqarolar o‘rtasida uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomasining bo‘lmasligi yoki ijaraga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanmaganligi MJtKning 1591-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘lmasligi qancha jarima solishga sabab bo‘ladi