6 666
O‘zbekistonda yo‘l inspeksiyasi yo‘llarning sifatini doimiy ravishda tekshiradigan bo‘ldi
O‘zbekistonda yo‘l qurilishini nazorat qiluvchi yangi vakolatli davlat organi tashkil etildi. U o‘z faoliyatini tashkil etishda hukumatga bo‘ysunadi, deb xabar qilmoqda Davlat avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib "Sof.uz" nashri.
Yangi inspeksiya yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda yuridik va xususiy shaxslarning bu boradagi me’yoriy hujjatlar talablariga qanchalik rioya etilishini nazorat qiladi.
Ular shuningdek, qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini qabul qilish komissiyalari ishida qatnashadi hamda shaharsozlikning yo‘l qurilishiga doir qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishda bevosita ishtirok etadi va takliflar beradi.
Inspeksiyaning yana bir faoliyat yo‘nalishi yo‘l-qurilish materiallari, jihozlari va konstruksiyalarini standartlashtirish va sertifikatlashdan iborat.
Yo‘l inspeksiyasi 26 nafar davlat inspektoridan tashkil topadi, ular respublika bo‘ylab doimiy asosda yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi