6 797
Guliston shahrida do‘kondan 40 ta uyali telefon apparatini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Guliston shahrida 40 dona uyali telefon apparatlari o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga o‘tar kechasi Guliston shahar, N.Zokirov ko‘chasida tungi yo‘nalish milisiyasida xizmatni olib borayotgan Guliston shahar IIB xuzuridagi tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi milisionerlari kichik serjant J.Abbosov hamda safdor O.Abdullaevlar xizmat vaqtida soat 05:35larda yo‘nalish milisiyasi qo‘rig‘idagi 335-sonli do‘konga noma’lum shaxs kirganligini sezishgan.
Ushbu do‘kon ko‘zdan kechirilganda, do‘kon ichida 1998 yilda tug‘ilgan N.X ismli shaxs 40 dona xar xil turdagi yangi uyali telefon apparatlari, 1 dona kassa apparati hamda 1 dona kompyuter blok pitaniyasi, jami 6.000.000 so‘mlik buyumlarni o‘g‘rilab ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlanib, Guliston shahar IIBga topshirilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Guliston shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi