26 aprel kuni soat 11:33 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Toshkent shahar Olmazor tumani “Tatarskiy povorot” va “Chuqursoy” ko‘chalari kesishuvida joylashgan “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi yonayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Darakchi nashri xabar qilmoqda.
Ko‘rsatilgan manzilga soat 11:43 da 4 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yong‘in sodir bo‘lgan manzilga etib bordi.
Yong‘in hududi ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘lgan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in katta maydonga tarqalganligi inobatga olinib, qo‘shimcha ravishda yana 5 ta, jami bo‘lib 9 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborildi.
Tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 12:24 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida “Black Door” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va jihozlari jami bo‘lib 300 kv.metr maydon yonib ketgan.
Ayni damda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi