Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Chelyabinsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro T.Solieva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) bojxona xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki kiyimida bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan 500 AQSh dollari va 650 Rossiya rubli yashirgani ma’lum bo‘ldi.
Yana bir holatda, “Toshkent-Sverdlovsk” yo‘nalishidagi poezd yo‘lovchisi fuqaro Z.Mirzaeva ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda 1214 AQSh dollarini olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi, deya xabar berdi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlar Zangiota tuman sudining qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 22722-moddasi bilan aybdor deb topilib, mazkur kodeksning 21-moddasini qo‘llab ogohlantirildi. Aniqlangan chet el valyutalari esa davlat egaliliga o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi