4 oyda 53 ta avtomobilni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

  • 31 may 2017, 12:01
  • 6 070
  • Jamiyat
  • 4 oyda 53 ta avtomobilni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi
    2016 yilning 30 may, seshanba kuni Otabek Mamirbekov Sergeli tumani hududida fuqaro Mehroj Maxmudovning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Lacetti avtoulovini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, deb yozadi Qalampir.uz. Keyinchalik Sherzod Shorahmedov ismli fuqaroga avtomobilni 9000 AQSh dollariga sotib, pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

    Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Mamirbekovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

    Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, Mamirbekov 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida firibgarlik yo‘li bilan 53 nafar fuqaroga tegishli bo‘lgan avtoulovlarni qo‘lga kiritgani aniqlangan.

    Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 4 oyda 53 ta avtomobilni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi