06:30 / 02.06.2017
6 422

Germaniyada o‘quvchi dars vaqtida direktor xonasiga chaqirilib, Nepalga deportasiya qilindi

Germaniyada o‘quvchi dars vaqtida direktor xonasiga chaqirilib, Nepalga deportasiya qilindi
Germaniyaning Duysburg shahrida migrasiya xizmati xodimlari gimnaziyada o‘quvchini mamlakatdan deportasiya qilish uchun olib ketishdi, deydi Kun.uz nashri. 14 yoshli o‘quvchi Bivsi Ranaga do‘stlari bilan xayrlashib olishga ruxsat berishdi, so‘ngra ota-onasi bilan Nepalga yo‘l olayotgan samolyotga joylashtirishgan.

Rana dars vaqtida direktor xonasiga chaqirtirilgan, u erda migrasiya xizmati xodimlari unga vaziyatni tushuntirishgan. O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchi ko‘z yoshlarini tutib tura olmagan va aslida deportasiya qilishmoqchi ekanini bilmagan.

30 may kuni qiz oilasi bilan Nepalga uchib ketgan.

Rananing oilasi Germaniyaga 1998 yilda ko‘chib kelgan. Maktab o‘quvchisi Germaniyada tug‘ilib, Osnabryuk shahrida ta’lim olgan 18 yoshli akasi bilan birga katta bo‘lgan. Rananing oilasi Nepaldan ko‘chib kelganida ularga qochqin maqomini berishdan bosh tortishgan. 2013 yilda ularning yashash uchun ruxsatnomasi muddati yakuniga etgan. Shahar ma’muriyatining qayd etishicha, deportasiya yuridik nuqtai nazarda qonuniy. 2016 yilda ma’muriy sud Rana ota-onasining qochqin maqomini olish haqidagi murojaatini yana rad etdi.

WAZ.de nashrining qo‘shimcha qilishicha, qiz deportasiya haqida olti hafta avval xabardor etilishi, shuningdek, maktabdagi darslardan ozod etilishi lozim bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, maktab vaziyatga aralashishni maqsad qilgan, qizning ota-onasi esa Duysburgga qaytib kelish harakatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniyada o‘quvchi dars vaqtida direktor xonasiga chaqirilib, Nepalga deportasiya qilindi