01:21 / 06.06.2017
7 172

Hindistonda avtohalokat oqibatida 22 nafar odam tiriklayin yonib ketdi

Hindistonda avtohalokat oqibatida 22 nafar odam tiriklayin yonib ketdi
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida dahshatli yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Yo‘lovchilar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yong‘in chiqqan. Oqibatda 22 nafar odam tiriklayin yonib ketgan, 19 nafari jarohatlangan. Bu haqda NDTV xususiy hind telekompaniyasi xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 38 nafar yo‘lovchi, 2 nafar haydovchi va bitta chiptachi bo‘lgan. Ko‘pchilik yo‘lovchilar to‘qnashuv vaqtida uyquda bo‘lganlar. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘chirish uchun bir necha soat kerak bo‘lgan.

Barcha jarohat olganlar kasalxonalarga joylashtirilganlar, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, jasadlar juda kuchli yonib ketgani sababli ularni tanish murakkab bo‘lmoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi jarohatlanganlar haqqiga duo qilishi va vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hindistonda avtohalokat oqibatida 22 nafar odam tiriklayin yonib ketdi