Nilufar Usmonova va Aziz Yo‘ldoshevdan yangi duet kutilmoqda (video)

Mashhur xonanda Nilufar Usmonova o‘zining Instagram sahifasida muxlislariga xursand qiladigan yangilikni xabar qildi. Xonanda ayni paytda yangi qo‘shiq ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yangi tarona yaqin kunlarda muxlislarga taqdim etiladi. Qo‘shiq yanada qiziqarli jihatga ega — u duet tarzida ijro etiladi. Xonanda bu taronani xonanda Aziz Yo‘ldoshev bilan birgalikda kuylamoqda.
Nilufar Usmonova ijtimoiy tarmoqda joylagan videoposti orqali yangi qo‘shiqdan qisqa parchani ham namoyish qildi. U post ostiga inglizcha “Coming soon” — ya’ni “Tez kunda” deb yozib qoldirgan.
Qisqa fursat ichida ushbu video muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Izohlarda ko‘plab muxlislar taronadan berilgan kichik parchani yuqori baholab, qo‘shiqni to‘liq eshitishni intiqlik bilan kutayotganliklarini bildirishdi.
Shuningdek, muxlislar ikki xonandaga ijodiy omad tilab, ushbu duet taronasi xit qo‘shiqlar qatoridan joy olishiga ishonch bildirishdi.