date

Muqaddas Xoliqova: Qizlarni oilaga tayyorlaymiz, yigitlarni-chi? (video)

Muqaddas Xoliqova: Qizlarni oilaga tayyorlaymiz, yigitlarni-chi? (video)

Muqaddas Xoliqova — O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori va O‘zbekiston xalq artisti — “Mirsodiqova bilan” dasturida bergan intervyusida bugungi yoshlar tarbiyasi va oila qurish masalasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Suhbat davomida aktrisa jamiyatda ko‘p uchraydigan bir masalaga e’tibor qaratdi. Uning aytishicha, qizlar kichikligidan oila hayotiga tayyorlab tarbiyalanadi, ammo yigitlar tarbiyasiga ham shu darajada jiddiy e’tibor qaratish zarur.

«Qizlarni: “Suv kelsa — simirasan, tosh kelsa — kemirasan”, deya oilaga tayyorlaymiz. Ammo yigitlarni ham oilaning ta’minlovchisi, boquvchisi bo‘lishga o‘rgatish kerak», — dedi Muqaddas Xoliqova.

Aktrisaning ta’kidlashicha, bugungi kunda ayrim yosh yigitlar oila qurishga yetarlicha tayyor bo‘lmasdan turib turmush qurmoqda. Natijada esa ular ro‘zg‘or yuritish va oila mas’uliyatini zimmasiga olishda qiynalishmoqda.

Suhbat davomida Muqaddas Xoliqova farzand tarbiyasi hayotdagi eng murakkab va mas’uliyatli jarayonlardan biri ekanini ham ta’kidladi.

«Menimcha, hayotdagi eng murakkab jarayon — bu farzand tarbiyasi. Chunki farzandlar ortidan qudachilik degan nozik rishta keladi. Oilani obod qilish bir taraf bo‘lsa, qudachilik rishtasiga dog‘ tushirmaslik ikkinchi taraf. Agar farzandlarimiz ro‘zg‘orda bizni uyaltirib qo‘ymasa, qudachilik albatta ming yilchilik bo‘ladi», — dedi aktrisa.

Uning mazkur fikrlari dastur tomoshabinlari tomonidan ham qizg‘in muhokama qilindi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning gaplari hayotiy va to‘g‘ri ekanini ta’kidlab, uning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Muqaddas Xoliqova: Qizlarni oilaga tayyorlaymiz, yigitlarni-chi? (video)