2017 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 18:00 larda Avaz Axralovich Isamuxamedov o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yashnobod tumani hududida joylashgan ovoz yozish studiyasi binosida bo‘la turib, fuqaro Fayzullaev Shermatga tegishli bo‘lgan, bahosi 400.000 so‘mlik «Samsung Tab-3» rusumli planshetini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan, deb yozmoqda «Toshkent shahar IIBB» matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi