13:45 / 23.08.2017
7 510

Tojikiston foydasiga josuslik qilgan o‘zbekistonlik ayol 10,5 yilga qamaldi

Tojikiston foydasiga josuslik qilgan o‘zbekistonlik ayol 10,5 yilga qamaldi
Tojikiston foydasiga josuslik qilgani uchun o‘zbekistonlik ayol 10,5 yilga qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qildi Qirg‘izistonning KirTag agentligi.

«O‘zbekiston harbiy sudi Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi 36 yashar Alena Kimni Tojikiston foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi va 10 yilu 6 oy qamoqqa mahkum qildi», — deyilgan xabarda.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining «Davlatga xoinlik» moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi josuslik, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zga davlatga taqdim etganlik hamda davlat xavfsizligiga tahdid solgan harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zgartishlarga muvofiq, faoliyati davomida o‘zga davlat foydasiga jamoatchilik manfaati hamda davlatga ziyon etkazganlik uchun fuqarolikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston foydasiga josuslik qilgan o‘zbekistonlik ayol 10,5 yilga qamaldi