10:16 / 01.09.2017
6 883

Sentyabrdan banklarda xorijiy valyuta sotuvi boshlanadi

Sentyabrdan banklarda xorijiy valyuta sotuvi boshlanadi
Centyabr oyining boshidan boshlab O‘zbekiston aholisiga banklarda va valyuta almashtirish punktlarida xorijiy valyutalarni sotish hamda sotib olishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hali qaror qabul qilgani yo‘q, ushbu qaror joriy etiladigan aniq sana va almashtiruv kursi hozircha noma’lum.

Valyuta almashtirish operatsiyalarini joriy etishga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan ikki nafar bankirning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar banklardan valyuta sotib olganlarida bank tomonidan pul naqd ko‘rinishda emas, balki maxsus hisob kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

Manbalarning biri aytishicha, banklar dollarni ayni vaqtda 7.700 so‘m atrofida bo‘lgan bozor kursidan ozgina ko‘proq miqdorda sotishadi.

Qayd etish joiz, fuqarolar tomonidan banklardan valyuta sotib olinganda pul naqd ko‘rinishda emas, balki maxsus hisob kartochkalariga o‘tkazilgan holda beriladi.

Manba: fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sentyabrdan banklarda xorijiy valyuta sotuvi boshlanadi