15:05 / 25.09.2017
6 804

G‘isht zavodidan 62 mln. so‘mlik nima o‘g‘irlash mumkin?

G‘isht zavodidan 62 mln. so‘mlik nima o‘g‘irlash mumkin?
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari sababli sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.

Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 8 sentyabr kuni noma’lum shaxslar Chinoz tumani Olmazor qo‘rg‘oni hududida joylashgan “Magnat perfect brick” MChJga tegishli g‘isht ishlab chiqarish zavodidan jamiyat balansida turgan umumiy narxi 62 million 600 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarini o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni shu zavodda ishlovchi: T.K., D.I. va S.E.lar tomonidan sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyatchilar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi ta’minlanmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘isht zavodidan 62 mln. so‘mlik nima o‘g‘irlash mumkin?