Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanining Shomirza qishlog‘ida yashaydigan 24 yoshli yigit va uning 22 yashar rafiqasi o‘tgan hafta juma kuni o‘z uyida pichoqlab ketilgan...
Olingan tan jarohatidan yigit voqea joyida jon bergani, kelinning hayoti esa shifoxonada saqlab qolinganligi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, uydan hech narsa o‘g‘irlanmagan. Hozirda mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari xususida turli taxminlar mavjud.
Voqeaning yagona guvohi sifatida ko‘rilayotgan xonadon bekasi tez kunlarda sog‘ligini tiklab olishiga umid bildirilmoqda...
Gap shundaki, ushbu jinoyat haqida O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy hayoti haqida xolis-noxolis xabarlarni e’lon qiladigan ayrim xorijiy nashrlar o‘z manbalariga tayangan holda qator maqolalar e’lon qilib bo‘ldi.
Tahririyatimiz mazkur jinoyat tafsilotlari bilan yaqindan tanishish uchun Farg‘ona viloyati IIVga qo‘ng‘iroq qildi. Qo‘shtepada og‘ir jinoyat sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. Biroq tezkor tergov ishlari olib borilayotgani sababli mazkur jinoyatning batafsil ma’lumotlari omma e’tiboriga e’lon qilinmay turilganligi bildirildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu jinoyat ishi yuzasidan hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi tergov harakatlari olib bormoqda.
Tahririyatga o‘g‘irlik vajida bo‘lmagan, qasddan sodir etilgan (taxminimizcha) jinoyatga qo‘l urgan kimsalarni bunday qabixlikka borishgacha undagan sabab nima ekanligi qiziq (xavotirli).
Nahotki odamlar birovning umriga, joniga dahl qilishdan qo‘rqmay qolishdi? Jinoyat sodir etgan shaxsning (shaxslarning) oilasi, bola-chaqasi yo‘qmi? Ular jinoyat qilishdan, gunohdan qo‘rqishmaydimi? Yoki bu yerda boshqa bir gap bormi...
Huquq-tartibot organlari mazkur jinoyatni “izlari yo‘qolmasdan” fosh etadi, degan umiddamiz.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi