Kecha, 3 noyabr kuni Zangiota tumani hududida yuk mashinasi, mikroavtobus va yengil avtomobil ishtirokida jiddiy talafotga sabab bo‘lgani taxmin qilinayotgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar berildi.
“Zil” rusumli yuk mashinasi, “Gazel” rusumli mikroavtobus va Nexia avtomobili bir yo‘nalishda harakatlangan, deya taxmin qilinmoqda. Sababi, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tishning imkoni yo‘q. Negaki, Toshkent–Termiz yo‘nalishining mazkur hududida (Toshkent–Yangiyo‘l marshruti yo‘nalishida) ham yo‘llar beton to‘siqlar bilan ajratilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarchalgan suratda yuk mashinasi YTH oqibatida beton to‘siqqa chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
Guvohlarning ma’lumotiga qaraganda, YTH oqibatida qurbon bo‘lganlar bo‘lishi mumkin. Voqea huquq-tartibot organlari tomonidan aniqlashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi