10:05 / 20.11.2017
6 349

Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha namoyish o‘tkazganlarga jazo belgilandi

Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha namoyish o‘tkazganlarga jazo belgilandi
Avvalroq xabar berganimizdek, Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilib, sud hukmiga ko‘ra javobgar o‘z jazosini oldi.

Lekin, bu fojea atrofidagi gap-so‘zlar hali to‘xtagani yo‘q.

Jumladan, Toshkent IIBB Tergov bo‘limi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev poytaxtdagi kollejda bo‘lib o‘tgan janjal natijasida olamdan o‘tgan Jasur Ibrohimov himoyasi uchun “beruxsat namoyish” o‘tkazgani uchun Irina Shohnazarova 15 sutkalik hibsga olinganini aytib o‘tdi.

Jasur Ibrohimovning vafotidan so‘ng jinoyatchilar jazolanishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni namoyishgaga chaqirgan Irina Shohnazarova 15 noyabr kuni hibsga olingan.

Irinaga Ma’muriy javobgarlik kodeksining 201 (Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish), 202-moddalari (Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish) qo‘llanib, unga 15 sutkalik qamoq va eng kam ish haqining 50 barobari (qariyb 7 yarim million so‘m) miqdorida jarima solingan.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB 2017 yilning 26 sentyabr kuni ruxsatsiz namoyish o‘tkazgani uchun Mariya Golovko ham Ma’muriy javobgarlik kodeksining 201, 201-1, 202-moddalari asosida ayblanib, 10 sutkalik qamoq va eng kam ish haqining 60 barobari (qariyb 9 million so‘m) miqdorija jarima to‘lashga hukm qilinganini bildirdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga Irina Shohnazarova va Mariya Golovko o‘z ayblariga iqror bo‘lib bundan keyin qonunga rioya etganliklarini aytib o‘tgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha namoyish o‘tkazganlarga jazo belgilandi