O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining yig‘ilishida ishtirok etib, yangi yilga nom berishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 22 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tong sahardan, ya’ni 07:30 da barcha davlat tashkilotlari rahbarlari uchun videoselektor o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘ilishda tugab borayotgan yil yakunlari va kelgusi yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19 dekabr kuni maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Navbatdagi yig‘ilish esa barcha sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Darvoqe, ushbu yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilga nom berishi ham ehtimoldan holi emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan taxminiy fikrlarga ko‘ra, 2018 yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nom berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi