06:30 / 29.01.2018
33 235

Mashhur xonanda Doniyor Toshmuhamedov Toshkentdagi masjid imom noibi bo‘ldi

Mashhur xonanda Doniyor Toshmuhamedov Toshkentdagi masjid imom noibi bo‘ldi
90-yillarning mashhur qo‘shiqchisi, “Jonon bo‘laman deb...”, “Feruzabonu” qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan xonanda Doniyor Toshmuhamedov (Doniyor Fayz) Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi Abdulhamid hoji jome masjidiga imom noibi etib tayinlandi. Sof.uz sayti masjid bilan bog‘langanda bu xabar tasdig‘ini topdi.
Masjid Uchtepa tumanining Muallim ko‘chasida joylashgan.

Vakillik.uz saytida yozilishicha, masjid 1998 yilda Istirohat mahallasi faollari, jumladan, Abdulhamid hoji tashabbusi bilan barpo etilgan. 2013 yilda qayta ta’mirlangan.
Doniyor Toshmuhamedov 1969 yil 23 fevral kuni shifokor oilasida tug‘ilgan. Ilk albomi 1989, oxirgisi 2001 yilda chiqqan va shundan so‘ng qo‘shiqchilikdan uzoqlashgan edi.
Doniyor qori telegramda o‘z kanalini yuritadi. Kanalning 3 mingdan ziyod a’zolari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur xonanda Doniyor Toshmuhamedov Toshkentdagi masjid imom noibi bo‘ldi