Prezident Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi.
Endilikda bu ro‘yxatga kartoshka, shu jumladan muzlatilgani ham kiritildi, deya xabar berildi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 16 yanvardagi Farmonga asosan tirik yirik qoramol, tirik qo‘y va echkilar, yirik qoramol go‘shti, qo‘y yoki echki go‘shti, soya loviyasi, kungaboqar urug‘i, kunjut urug‘i, shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi