Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Ayni damga kelib Toshkent shahriga kim yangi hokim etib tayinlanishi haqida xabarlar hozircha yo‘q.
Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. Bundan avval Yakkasaroy tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari sifatida ishlagan. “Mehnat shuhrati” ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov 2012 yilda Toshkent shahar hokimi vazifasiga tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi