23:38 / 04.06.2018
7 480

Rashid Qodirovning kirdikorlari haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi

Rashid Qodirovning kirdikorlari haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi
Ahmadjon Otajonov ko‘p yillar Prezident Davlat maslahatchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov imkon topib uni qamatib yuborgan. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

“Ahmadjon Otajonov o‘z vaqtida Rashid Qodirovni qattiq tanqid qilib chiqqan edi. Tanqid qilinishiga sabab, Rashid Qodirov Xorazm va Samarqand, Andijon viloyatlarida ko‘p yillar hokim bo‘lib ishlagan Bektosh Rahimovning kuyovi edi.

Gazanda Gdlyan Bektosh Rahimovni paxta ishi bo‘yicha nohaqdan nohaq qamab yuborgach, Rashid Qodirov Bektosh Rahimovning qizini uchta bolasi bilan ko‘chaga haydab yuborgan va meni bunday xotinim, meni bunday bolalarim yo‘q deb, Gdlyanni oldida o‘zini oqlagan va prokuratura ishidagi o‘z mavqeini, o‘z pushti kamaridan bo‘lgan bolalarini xor qilish evaziga saqlab qolgan edi.

Ahmadjon Otajonov uning mana shu xiyonatkorligini tanqid qilgani uchun, keyinchalik Rashid Qodirov o‘z amalidan foydalanib, amalini suyiiste’mol qilib, tuhmat bilan uni to‘rt yilga qamab yuborgan, Ahmadjon Otajonov uning kasriga to‘rt yil og‘ir jazo muddatini o‘tab qaytgan edi.

Ahmadjon Otajonov bir kun haqiqat qaror topishiga ishondi, umidini yo‘qotmadi. U hayotining keyingi yigirma to‘rt yili mobaynida bir marta haj, yetti marta umra safarini amalga oshirdi, qanchalik qiyinchiliklarga duch kelmasin, bir safar bo‘lsin namoz o‘qishdan to‘xtamadi.

Xudodan yaxshi kunlar kelishini yolvorib so‘radi, elu yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini intizorlik bilan kutdi. Ka’batilloni oldida ham haqiqat qaror topishini Olloh taolodan so‘radi. Bugun mana o‘sha kunlar keldi. Xudoning marhamati, qolaversa Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning haqiqatparvarligi sabab O‘zbekiston Oliy sudining qarori bilan Ahmadjon Otajonov to‘liq oqlandi, yetkazigan moddiy va ma’naviy zarar uchun bir necha mln so‘m atrofida tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi.

O‘ylaymizki, bu g‘alaba xo‘rlangan, haqoratlangan, jabru-zulm tayog‘i ostida ingrangan, qonga botib mayib majruh bo‘lgan, ammo irodasi bukilmagan, yorug‘ kunlardan umid qilib yashagan va nihoyat ro‘shnolikka erishgan minglab insonlarning ham g‘alabasidir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ishiga aloqadorlikda Toshkent shahar prokuroriga nisbatan jinoiy ish ochgan edi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rashid Qodirovning kirdikorlari haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi