«Agrobank« ATB tomonidan chakana xizmatlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan anjumanda shu haqda soʻz yuritildi. Bu haqda “Xalq soʻzi” xabar bermoqda.
Bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Rustam Mamatqulovning aytishicha, hozirgi paytda «Agrobank« tomonidan joylashtirilgan terminalar soni 31,6 ming, bankomatlar 100, infokiosklar esa 420 taga yetkazildi. Aholi gavjum joylarga zamonaviy bankomatlar oʻrnatish boʻyicha olib borilgan oʻrganishlar natijasida respublika boʻyicha ikki mingdan ortiq shunday nuqtalar aniqlandi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning noyabrigacha yana 300 ta zamonaviy bankomat olib kelib oʻrnatiladi. Keyingi yillarda esa yana 2 mingta bankomat olib kelish rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning aytishicha, mazkur qurilmalarnig turdoshlariga nisbatan afzalliklari koʻp. Masalan, ular orqali nafaqat milliy, balki xorijiy valyutani ham naqdlashtirib olish mumkin.
Bank tomonidan yaqin kunlarda jismoniy shaxslar uchun onlayn mikroqarzlar olish imkoniyati ham yaratiladi. Bunday mikroqarz olmoqchi boʻlganlar bankka tashrif buyurishi, hujjatlar taqdim etishi shart emas. Telefon orqali murojaat qilsa, kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?