19:35 / 03.10.2018
4 846

Prezident DXX kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi

Prezident DXX kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonunga muvofiq, 5 aprel — Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda maʼqullangan edi.

Mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kun, 3 oktyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident DXX kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi