Voqea Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida sodir boʻlgan. “Anhor” nashri xabariga koʻra, tadbirkor Fazilat Murodovani tuman hokimi Baxtiyor Rajabov shafqatsizlarcha kaltaklagan. Nega?..
— Men hokimning qabuliga kelgandim, — deya davom etadi tadbirkor. — Ariza bergandim, shu arizamning taqdiri nima boʻlganidan xabar olish niyatim bor edi. Meni koʻrdi-yu, hokim jahl otiga mindi. Meni igʻvogar va nuqul portalga shikoyat qiladigan tuhmatchi deya haqoratladi. Men aytdimki, mening muammolarim oʻz yechimini topmayapti. Portal xuddi shunday masalalarni hal etishda fuqarolarga berilishi uchun tuzilganini aytish bilan gapimni yakunladim va chiqib ketdim. Sal oʻtmay hokim ham ortimdan chiqdi. Men undan buyogʻiga nima qilishimni soʻragandim, meni haqoratlay ketdi. Bu haqoratlarga chidab tura olmadim. Haqoratlari uchun yuqori tashkilotlarga arz qilishimni aytdim. U esa kutilmaganda menga tashlanib, boʻgʻa boshladi. Bir qoʻli bilan boʻgʻdi, ikkinchi qoʻli bilan duch kelgan yerimga qoʻl zarbalari yoʻllay boshladi. Bizni oʻtkinchilar ayirib qoʻyishdi….
Kaltaklashlardan keyin Normurodova kasalxonaga tushib qolgan. Vrachlar unga miya chayqalish tashhisini qoʻyishdi. Ayol hokimning ustidan prokuraturaga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi. Hozir respublika prokuratura xodimlari ushbu fakt boʻyicha tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Hokim esa telefon orqali suhbatda oʻz aybini qatʼiyan rad etdi. Ayni paytda oʻz ishlari bilan bandligini, uning ayollarga qoʻl koʻtaradigan odati yoʻqligini alohida taʼkidladi.
Ayni lahzalarda jurnalistlar prokuraturadan shu masaladagi yangi faktlarni aniqlashga harakat qilishmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi