19:35 / 03.11.2018
6 704

Toshkent viloyatida ellik mingtalik qalbaki pullar yasab kelgan kimsa qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida ellik mingtalik qalbaki pullar yasab kelgan kimsa qo‘lga olindi
Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari yaqinda Toshkent viloyatida 22 yoshli kimsani qo‘lga olishdi. U o‘zi yashab turgan uyda ellik ming so‘mlik qog‘oz pullarni yasash bilan shug‘ullangan. Buning uchun oldin grafik muharrirlikni, rangli printerdan foydalanish sirlari, pul yasash texnikasini chuqur o‘zlashtirgan.

— Men aslida to‘ylar, tug‘ilgan kunlarda suratkashlik va tantanalarni videotasmaga tushirish bilan pul ishlardim, — dedi jinoyatchi. — Shu yil fevral oyida 50 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtira boshladim. Oldiniga 30 dona shunday pullarni yasab Olmaliqda buyumlar xarid qilib ko‘rdim. Ikki martasida omadim keldi…

Ayni paytda qalbaki pul yasash ustasi qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasining 176- moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yil boshidan 51 ta qalbaki pul yasash bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgan. Ularning 18 tasi Toshkent shahrida, 15 tasi Toshkent viloyatida, 6 tasi Samarqandda kuzatilgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari jinoyatchilardan 5 ming AQSh dollari, 5 ming Rossiya rubli, 5,3 million so‘m miqdoridagi qalbaki pullarni tortib olgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida ellik mingtalik qalbaki pullar yasab kelgan kimsa qo‘lga olindi