Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori bo‘ldi

  • 9-11-2018, 21:57
  • 719
  • Jamiyat
  • Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori bo‘ldi
    Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

    Ulug‘bek Qosimov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlagan. Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabod tuman hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Ayni paytdagi lavozimiga tayinlanishidan avval Surxondaryo viloyati Denov tuman hokimi lavozimida ishlagan.

    » » Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori bo‘ldi