Toshkent shahar IIBBga «Guli» ismli ayol fohishalik maqsadida qizlarni xorijga jo‘natish bilan shug‘ullanayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan. IIBB Terrorizm va ekstremizm bilan kurashish boshqarmasi va Bektemir tumani IIB xodimlarining tezkor tadbirlari natijasida 7 noyabr kuni soat tahminan 5:00 da xalqaro aeroport hududida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan ayol, 26 yoshli Gulchiroy S. qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib Xabar nashri ma’lum qiladi.
Ushbu dalillarga asosan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qo‘lga olingan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tergov ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, gumondorni qonunga hilof ishni amalga oshirishga majbur qilgan sabablar o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi?
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda