Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida fermerlar qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda "Sirdaryo haqiqati" gazetasi xabar bermoqda.
"Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrog‘i maydonida g‘alladan mo‘l hosil yetishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari o‘z ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shishni, nopok ishlarga qo‘l urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar", - deyiladi nashr xabarida.
Shunday g‘allakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘zgacha ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi